Выберите язык

Namangan tumanida tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash sohasida xizmat ko‘rsatishda iste’molchi — ya’ni bemorlarning huquqlarini ta’minlash, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik, tibbiy xizmatlarda shaffoflik, bemorlar bilan ishlash madaniyati va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murojaatlar bilan ishlash tartibi haqida zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 1091 ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlar misolida amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.

Tadbir yakunida tibbiyot xodimlarining huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, aholiga sifatli va mas’uliyatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening