Выберите язык

⚡️Mirishkor tumanida 12 000 000 soʻmga xarid qilingan nosoz konditsioner yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Yozning jazirama kunlarida qulay yashash uchun eng zarur vositalardan biri — konditsioner.

Murojaatda koʻrsatillicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.J tumandagi savdo doʻkonlarning biridan 12 000 000 soʻmga "Samsung" rusumli konditsioner xarid qilgan. Oradan bir necha kun vaqt oʻtib, konditsioner yaroqsiz holga kelib sovutmay qolgan.

Isteʼmolchi doʻkon xodimlariga murojaat qilib, sarflangan pulni qaytarish yoki konditsionerni qaytadan ta’mirlashni so‘ragan. Ammo doʻkon xodimlari tomonidan murojaat rad etilgach, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Mirishkor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Mirishkor tumani jamiyati mutaxassislari bilan holat o‘rganilib, savdo majmua rahbari va xodimlariga  tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining huquqlari tiklandi va 12 000 000 soʻmga xarid qilingan  nosoz konditsioner yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat yana bir bor shuni tasdiqlaydi: iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa va ularni himoya qilish uchun murojaat qilsa, muammolar qonuniy asosda hal etiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening