Выберите язык

SIFATSIZ KABELLAR ALMASHTIRILDI

Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M. Matxoliqova tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaroning xonadoniga joriy yil mart oyida tadbirkor tomonidan 30 kVt quvvatga ega quyosh paneli o‘rnatilgan. Biroq oradan ikki oy o‘tar-o‘tmas, quyosh paneliga ulangan kabellarda nosozlik yuzaga kelgan. Xususan, kabellar sifatsizligi sababli erib ketgan va natijada quyosh paneli elektr energiyasi ishlab chiqarishdan to‘xtagan.

Fuqaro ushbu holat yuzasidan tadbirkor bilan bog‘lanib, muammoni tushuntirgan. Ammo tadbirkor kabellarni sifatlisiga almashtirib berishdan bosh tortgani sababli iste’molchi amaliy yordam so‘rab jamiyatga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida tadbirkor bilan bog‘lanilib, fuqaroning xonadonida holat joyida ko‘zdan kechirildi

Natijada quyosh paneliga ulangan kabellar haqiqatdan ham sifatsiz ekani aniqlanib, tadbirkor tomonidan ular sifatli kabellarga almashtirib berildi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening