Выберите язык

Mirishkor tumanida bilim va fidoyilik munosib taqdirlandi 

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim, ma’rifat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnatini e’tirof etish alohida ahamiyatga ega.

Bugungi raqamli transformatsiya davrida yosh avlodga nafaqat bilim berish, balki ularda huquqiy ong, iste’mol madaniyati, media savodxonlik, tanqidiy fikrlash va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.

Shu ma’noda, ta’lim sohasi vakillari hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik aholining huquqiy xabardorligini oshirish va yoshlarning zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mirishkor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Jalilov Temurbek Ilhomovichga bildirilgan tashakkur ana shunday samarali hamkorlik va ezgu sa’y-harakatlarning munosib e’tirofidir. Shuningdek, uning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi faoliyati va hamkorlikdagi xizmatlari Federatsiyamiz raisi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani ham alohida e’tirofga loyiq.

Ushbu yuksak e’tirof ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, bilim va ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi hamda jamoatchilik bilan samarali hamkorligiga berilgan munosib bahodir.

Ustozga hurmat — bilim va tajribaga, kelajakka bo‘lgan hurmatdir. Zero, bilimli va huquqiy savodxon avlod — jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening