⚡️ Mirishkor tumanida salkam 5 000 000 soʻmlik nosoz muzlatgich yangi yaroqlisiga almashtirib berildi
1600-yillarda olimlar muz paydo bo‘lish jarayonini o‘rganishni boshladi. 1755-yilda shotlandiyalik professor Uilyam Kalin kimyoviy moddalar yordamida sun’iy sovutish tajribalarini o‘tkazdi. 1834-yilda Jeykob Perkins birinchi bo‘lib amaliy kompressorli muzlatgich patentini olishi bilan muzlatgichlar inson hayotiga kirib keldi.
Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.T tumanda joylashgan savdo doʻkondan 4 800 000 soʻm naqd pul evaziga "SHIVAKI" rusumli muzlatgich xarid qilgan.
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, muzlatgich nosoz ekanligini aniqlagan fuqaro, holatni tushuntirish maqsadida doʻkon xodimlari oldiga borganida doʻkon xodimlari tomonidan bepisand qilib tinglashni ham istamagan.
Shundan keyin fuqaro Mirishkor tumani jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Tuman jamiyati mutaxassislariniing aralashuvi bilan, isteʼmolchi murojaatiga ijobiy yechim topilib, 4 800 000 soʻmlik nosoz muzlatgich shu rusumdagi yangi yaroqli muzlatgichga almashtirib berildi.
Shu kabi murojaatlar tuman jamiyati tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, hal etilmoqda. Iste’molchilarning huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida, jamiyat tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda aholi orasida iste’mol madaniyatini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
✅ Natijada, iste’molchilar o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshiroq anglab, huquqiy savodxonlik darajasi sezilarli darajada oshmoqda.
























