Выберите язык

   Navbahor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning yashash va ta’lim olish sharoitlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari yakuniga yetdi.
  O‘rganishlar davomida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik holati, ta’lim jarayonining sifatli tashkil etilishi hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarning sog‘lom va qulay muhitda bilim olishi uchun mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.
  Mutasaddilar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, uyda ta’lim olayotgan bolalarning manfaatlarini himoya qilish hamda ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar bildirildi.
   Mazkur o‘rganishlar orqali uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish maqsad qilingan

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening