Выберите язык

⚡️ Mirishkorda isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi

Bugungi iste’molchi kechagi kun iste’mochisidan farq qiladi. Yildan-yilga ularning bilimi oshib, o‘z huquq va burchlarini yaxshi anglay boshlagan. Endi huquqlari buzilsa, vaqt va mablag‘ sarflamasdan qaysi tashkilotga murojaat qilishni biladi.

Joriy yilning 29 - iyun sanasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga  Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro S.S tomonidan murojaat kelib tushdi. 

Murojaatda aks etishicha, isteʼmolchi tuman markazida joylashgan savdo majmualarning biridan 4 500 000 soʻmga muzlatgich xarid qilgan.

Oradan bir necha kun vaqt oʻtib muzlatgich ishlamay nosoz holga kelib qolgan. Fuqaro vaziyatni tushuntirish maqsadida savdo majmuasiga borganida doʻkon xodimlari va rahbari isteʼmolchiga bepisandlik qilib tinglashni ham istamagan. 

Boʻlib oʻtgan voqelikdan koʻngli toʻlmagan fuqaro Mirishkor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganilib  yaroqsiz holatga kelib qolgan muzlatgich savdo doʻkonini servis xizmati tomonidan taʼmirlab yaroqli holga keltirib berildi.

✅ Shuningdek, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan fuqarolar “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki tegishli tuman jamiyatiga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening