Выберите язык

Mirzaobod tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Mirzaobod tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi M. Jumanova hamda Mirzaobod tumani hokimi o‘rinbosari S.Kenjayev ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari haqida keng targ‘ibot olib borish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tuman hududidagi tashkilotlar, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari hamda tibbiyot bo‘linmalarida Federatsiya faoliyatini targ‘ib qilish, fuqarolarni Federatsiya a’zoligiga jalb etish borasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish hamda bu boradagi targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening