Выберите язык

Mo‘ynoq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot markazining bir qator bo‘limlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Atap aytganda, monitoring ishlari davolash muassasasining quyidagi bo‘limlarida o‘tkazildi:
Reanimatsiya bo‘limi; 
Terapiya bo‘limi; 
Tug‘uruq bo‘limi;
Bolalar bo‘limi

O‘rganish davomida fuqarolarga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi. Shuningdek, tibbiy xizmatdan foydalanayotgan bemorlar va ularning yaqinlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Bu monitoring ishlari tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning (iste’molchilarning) qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening