Выберите язык

Bugungi kunda mamlakatimizda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularga sifatli xizmat ko'rsatilishini ta'minlash va qonun buzilishlarining oldini olish borasida bir qator muhim ishlar olib borilmoqda. Shunday muhim vaziyatlardan biri yaqinda Kegeyli tumanida o'z yechimini topdi.

Kegeyli tumani Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, tumanning "Jalpak jap" OFY Bessari ovuli turg'uni B.Z rasmiy tarzda murojaat qilgan.

Murojaat muallifi 2026-yil 15-iyun kuni "Xalqobod" dehqon bozoridan 80 000 so'mga erkaklar futbolkasini sotib olmoqchi bo'lgan. U sotuvchiga to'lovni o'zining qo'l telefoni orqali "Click" dasturi yordamida o'tkazib bergan. Biroq, sotuvchi o'zining telefoniga pul tushmadi deb, "Click" dasturida bunday mablag' ko'rinmaganligini aytib, futbolkani berishdan bosh tortgan.

Vaziyat bo'yicha Kegeyli tumani Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan o'rganish ishlari olib borildi. O'rganish davomida quyidagilar aniqlandi: Sotuvchining telefonida "Click" dasturi yo'q ekanligi ma'lum bo'ldi.

Sotuvchining telefoniga dastur yuklanib tekshirilganda, uning ichidagi "Click-koshelyok" bo'limida iste'molchi o'tkazgan 80 000 so'm borligi tasdiqlandi. Aniqlangan vaziyatdan so'ng, adolat tiklanib, o'sha vaqtning o'zida iste'molchi B.Z ning haq-huquqi himoya qilindi va uning pullari o'ziga to'liq qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening