Выберите язык

Muborak tumanida iste’molchining buzilgan huquqi tiklandi

Iste’molchi huquqlarini himoya qilish — sifatli va xavfsiz mahsulot xarid qilishdan tortib, xariddan keyingi xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayonda muhim ahamiyatga ega. 

Ayniqsa, kredit asosida xarid qilingan maishiy texnikada mahsulotning sifati, kafolat muddati va sotuvchining qonuniy majburiyatlari alohida e’tibor talab qiladi.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi fuqaro S.H.  tumanda joylashgan  savdo do'konlarning biridan kredit asosida 2 500 000 so‘mga kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Oradan2 oycha vaqt o‘tib, mashina nosoz holga kelib ishlamay qolgan.

Iste'molchi do‘kon rahbariyatiga murojaat qilganida, do'kon ma'sullari iste’molchini tinglashni ham istamagan.

Fuqaro bu holatdan norozi bo‘lib, Muborak tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Tuman jamiyati xodimlari masalani atroflicha o‘rganib, do‘kon rahbariyati bilan muzokaralar olib borishdi.

Natijada, 2 500 000 so'mga xarid qilingan nosoz kir yuvish mashinasi, do'kon rahbariyati tomonidan yangi yaroqlisiga almashtirib berildi. 

Iste’molchilar o‘z huquq va manfaatlarini bilishi, xarid vaqtida mahsulotning sifati va kafolat shartlariga e’tibor berishi, muammo yuzaga kelgan taqdirda esa o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening