Выберите язык

🔹 Xatirchi tumanining Qoracha MFY hududida joylashgan 5-son oilaviy poliklinikada ishchi-xodimlar ishtirokida onlayn savdo mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
🤝 Tadbir Xatirchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Karmana va Navbahor tumanlari Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
💻 Davra suhbatida bugungi kunda aholiga qulaylik yaratib borayotgan “OPEN” ilovasi orqali amalga oshirilayotgan onlayn savdo jarayonlari haqida tushunchalar berildi.
⚖️ Tadbir davomida ishchi-xodimlarga onlayn xaridlarni amalga oshirishda iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish, mahsulot va xizmatlar haqida to‘liq ma’lumot olish, xarid shartlariga e’tibor qaratish hamda muammoli holatlarda o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔹 Shuningdek, onlayn savdo jarayonida xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlar, mahsulotning sifati, yetkazib berish shartlari, to‘lov masalalari hamda iste’molchilarning murojaat qilish tartibi yuzasidan fikr almashildi.
📣 Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, onlayn savdodan foydalanishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
✅ Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining, jumladan, ishchi-xodimlarning iste’molchi sifatidagi huquqiy savodxonligini oshirish, onlayn savdoda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening