Выберите язык

Muborak tumanida nosoz kir yuvish mashinasi yangisiga almashtirib berildi

Kir yuvish mashinasi zamonaviy oila hayotini sezilarli darajada yengillashtiradigan eng zarur maishiy texnikalardan biri hisoblanadi. 

Uni xarid qilganda sifat, ishonchlilik va kafolat muddati davomida servis xizmati muhim ahamiyatga ega. Biroq ba’zida yangi sotib olingan texnika qisqa muddat ichida ishdan chiqib, do‘kon tomonidan muammoni hal etish rad etilishi mumkin. 

Bunday holatlarda iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilishi zarur.

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi fuqaro S.B. “Yuksalish” savdo do‘konidan 2 000 000 so'mga  "Artel" rusumli kir yuvish mashinasini xarid qilgan. 

Oradan hech qancha  vaqt o‘tmay turib, kir yuvish  mashina ishdan chiqqan. Fuqaro do‘kon rahbariga  borib holatni tushuntirganida,iste'molchiga bepisandlik qilib eshitishni ham istashmagan.

Ushbu holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi Muborak  tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. 

Tuman jamiyati mutaxassislari masalani atroflicha o‘rganib, do‘kon ma’muriyatiga qonun talablarini tushuntirishdi.

Natijada, 2 000 000 so'mga xarid qilingan nosoz kir yuvish mashinasi yangi xuddi shu rusumdagi yaroqli  kir yuvish mashinasiga almashtirib berildi.

Har bir iste’molchi sifatli mahsulot olish va nosoz texnikani almashtirish yoki ta’mirlash huquqiga ega. 

Agar xarid qilingan maishiy texnika tezda ishdan chiqsa va do‘kon yordam bermasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening