Выберите язык

    Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda mahsulot sifati va xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga rioya etilishi inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq.
🔹 Yaqinda Uchquduq tumanida yashovchi fuqaro savdo do‘konidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati o‘tganini aniqlab, ichki ishlar organlarining 102 qisqa raqamiga murojaat qildi.
⚖️ «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish va sotish taqiqlanadi. Qonunning 12-moddasi esa iste’molchining xavfsiz mahsulot xarid qilish huquqini kafolatlaydi.
🤝 Bunday holatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi jamoat birlashmalari fuqarolarga huquqiy maslahat berish va buzilgan huquqlarni tiklashda ko‘maklashadi.
Uchquduq tuman jamiyati fuqarolarni xarid vaqtida mahsulotning yaroqlilik muddati, qadog‘i va sifatiga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi. Qoidabuzarlikka duch kelsangiz, savdo chekini saqlang va tegishli tashkilotlarga murojaat qiling.
✅ Unutmang! Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulot sotilishiga befarq bo‘lmang! O‘z huquqingiz va salomatligingizni himoya qiling!
📞 Iste’molchilar huquqlari buzilgan taqdirda, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening