Выберите язык

Muddatli to‘lov shartnomasi bekor qilindi

To‘raqo‘rg‘on tumanida iste’molchining muddatli to‘lov asosida xarid qilingan mahsulotlar bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi 2026-yil 23-may kuni tumanda joylashgan savdo markazidan konditsioner va televizorni muddatli to‘lov asosida xarid qilgan.

Biroq keyinchalik to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagani sababli tuzilgan shartnomani bekor qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat To‘raqo‘rg‘on tuman ijro etuvchi apparati tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablari asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida savdo tashkiloti tomonidan muddatli to‘lov shartnomasi bekor qilindi hamda iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening