Выберите язык

Denov tumanida iste’molchi tomonidan xarid qilingan mobil telefon bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Denov shahrida yashovchi fuqaro N.Q. tumanda joylashgan savdo do‘konlaridan biridan 2 300 000 so‘m qiymatidagi mobil telefon xarid qilgan. Biroq iste’molchining ta’kidlashicha, telefon qisqa muddat foydalanilgandan so‘ng nosozligi aniqlangan. Mahsulotdagi kamchiliklar iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

 

Fuqaro ushbu holat yuzasidan savdo do‘koni mas’ullariga bir necha bor murojaat qilgan. Ammo masala joyida ijobiy hal etilmagach, u amaliy yordam so‘rab Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch telefoniga murojaat qilgan.

 

Murojaat 2026-yil 22-may kuni belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida iste’molchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati hamda savdo do‘koni mas’ullarining munosabati atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Jamiyat xodimlari tomonidan tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining sifatli mahsulot xarid qilish huquqi hamda nuqsonli mahsulot aniqlanganda iste’molchining qonuniy talablarini bajarish zarurligi tushuntirildi.

 

Olib borilgan tushuntirish va amaliy choralar natijasida fuqaro N.Q.ning murojaati ijobiy hal etildi. Iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, uning buzilgan huquqi tiklandi. 2 300 000 so‘m qiymatidagi mobil telefon puli qaytarib berildi.

 

Mazkur holat iste’molchilar xarid jarayonida mahsulot sifati, kafolat hujjatlari, to‘lov cheki va mahsulotning texnik holatiga alohida e’tibor qaratishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Agar xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa, iste’molchi belgilangan tartibda mahsulotni almashtirish, ta’mirlash yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

 

Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?

1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening