Выберите язык

Nosoz muzlatkich

Pop tumanida yashovchi iste’molchi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilib, Pop tumanida joylashgan savdo do‘konidan xarid qilingan muzlatkich motorida nosozlik yuzaga kelganini bildirgan.

Iste’molchining ma’lum qilishicha, yuzaga kelgan nosozlikni o‘zi bartaraf eta olmagan hamda servis xizmatidan foydalanishda qiyinchilikka duch kelgan.

Murojaat yuzasidan Pop tumani ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan holat o‘rganildi. O‘rganish jarayonida savdo do‘koni mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, iste’molchining e’tirozlari ko‘rib chiqildi.

Natijada muzlatkichga servis xizmati ko‘rsatilib, mahsulot soz holatga keltirib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening