Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali Qo‘shrabot tumani Zarmitan mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro B.H gaz baloni ololmayotgani yuzasidan murojaat qilgan edi.
Mazkur murojaat Qo‘shrabot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalaga e’tibor qaratilib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.
Natijada, fuqaro B.Hning gaz baloni bilan bog‘liq murojaati ijobiy hal etildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish Qo‘shrabot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining asosiy vazifalaridan biridir.
Unutmang! Sizda ham iste’molchi sifatida muammo yoki murojaat bo‘lsa, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening