Выберите язык

2026-yil 23-fevral kuni kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Murojaat dastlab Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoniga yo‘llangan bo‘lib, o‘rganish uchun hududiy bo‘linmaga yuborildi.

Mazkur murojaat Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida yashovchi iste’molchi tomonidan bildirilgan. Holatni aniqlashtirish maqsadida masala tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda jamiyatning huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash inspektori hamda murojaatchi ishtirok etdi.

O‘rganish davomida fuqaro murojaatida ko‘rsatilgan masala yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan xonadondagi maishiy gaz baloni yetkazib berilgani va to‘ldirib berilgani aniqlandi. Shundan kelib chiqib, murojaat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Xususan, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida Qonun 33-moddasiga muvofiq, agar fuqaro berilgan javobdan norozi bo‘lsa, yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki sud organlariga shikoyat qilish huquqiga ega ekani eslatib o‘tildi.

☎️ Ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening