Выберите язык

13 million so‘mlik sifatsiz qurilish ashyosi puli iste’molchiga qaytarildi.

Namangan viloyatining Pop tumanida yashovchi fuqaro o‘z xonadonini ta’mirlash maqsadida Chust tumanidagi YATT A.X. rahbarligidagi qurilish mollari do‘konidan 13 million so‘mlik pol kafel xarid qilgan edi. Har bir kvadrat metri 100 ming so‘mdan bo‘lgan 30×60 o‘lchamdagi kafellarni xarid qilgan fuqaro, oradan ko‘p o‘tmay, mahsulotda sifat nuqsonlari borligini aniqlagan.

Sotuvchiga murojaat qilgan iste’molchining shikoyati esa e’tiborsiz qoldirilgan. Natijada fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat yo‘llagan.

Murojaat Chust tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tadbirkorga amaldagi qonunchilik talablariga oid tushuntirishlar berildi. O‘rganish natijasida YATT A.X. o‘z xatosini tan olib, iste’molchining talabini qondirdi hamda 13 million so‘mlik pul mablag‘ini naqd shaklda qaytarib berdi.

Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, har bir iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa va qonuniy yo‘l bilan himoya qilsa, adolat albatta qaror topadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening