Выберите язык

Shifokor maslahatisiz dori iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli!

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro onlayn tarzda 4 quti dori vositasini 1 160 000 so‘mga xarid qilgan. Fuqaro dorining bir qutisini iste’mol qilganidan so‘ng uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilgan.

Shundan so‘ng fuqaro mahsulotni sotgan MChJga murojaat qilib, qolgan 3 quti dorini qaytarib olishni so‘ragan. Biroq ushbu murojaatga rad javobi berilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro To‘raqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning qolgan dori vositalari uchun to‘lagan puli qaytarib berilishi ta’minlandi.

⚠️ Onlayn dorilarga ishonib ketmang!
Sog‘lig‘ingiz uchun avvalo shifokor maslahati oling.
📞 1091 — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Ishonch telefoni”

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening