Выберите язык

Uzun tuman “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqaro I.N. tomonidan Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro xonadoniga bormasdan hamda uning ishtirokisiz gazdan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 4 200 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llangani yuzasidan norozilik bildirgan.

Mazkur murojaat yuzasidan jamiyat tomonidan Hududgaz Surxondaryo gaz ta’minoti filiali Uzun tumani gaz ta’minoti bo‘limiga rasmiy aloqa xati yuborildi hamda masala joyiga chiqib, fuqaro ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 4 200 000 so‘m miqdoridagi jarima aslida qo‘shni xonadonga qo‘llangan bo‘lib, texnik sabablarga ko‘ra gaz abonent raqami fuqaro nomiga noto‘g‘ri biriktirilganligi sababli jarima uning nomida aks etgan.

Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida fuqaro nomiga chiqarilgan 4 200 000 so‘m jarima bekor qilindi hamda uning nomida hech qanday qarzdorlik yoki jarima mavjud emasligi tasdiqlandi.

✅ Fuqarolarning huquqlari himoyasi doimiy nazoratda.

📞 Ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening