Выберите язык

Pop tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida “Orif Nurli Kelajak” MCHJ faoliyati ko‘rib chiqildi hamda billing tizimidagi noreal qarzdorlik holatlari qayta tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, tumandagi bir qator mahallalarda yashovchi 235 ta xonadon bo‘yicha billing dasturida asossiz qarzdorlik shakllangan. Hujjatlar va hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqilib, mazkur holat tasdiqlandi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jami 53 746 000 (ellik uch million yetti yuz qirq olti ming) so‘m miqdoridagi noreal qarzdorlik billing tizimidan chiqarildi va iste’molchilar foydasiga bartaraf etildi.

Mazkur masalalar yuzasidan 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali yoki https://murojaat.istemol.uz 👈 yozma murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening