Выберите язык

Bugungi kunda mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki axborot olish, ta’lim, ish faoliyati va turli xizmatlardan foydalanishda muhim yordamchiga aylangan. Shu bois xarid qilingan qurilmaning sifatli ishlashi iste’molchi uchun katta ahamiyatga ega, unda yuzaga kelgan muammo esa kundalik hayotda qator noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Fuqaro F.R Romitan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, 2 500 000 so‘mga xarid qilgan “TECNO” rusumli telefoni bilan bog‘liq muammoni bayon etdi hamda qurilmani almashtirish masalasida amaliy yordam so‘radi.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining talabini hal etishga qaratilgan tegishli choralar ko‘rildi. Olib borilgan ishlar natijasida masala ijobiy yechim topdi va 2 500 000 so‘mlik telefon almashtirib berilib, fuqaro F.R.ning talabi qanoatlantirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening