Выберите язык

Kundalik turmushimizda maishiy texnikalarning soz va sifatli ishlashi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda asosiy vosita bo‘lgan muzlatgich bilan bog‘liq muammolar ro‘zg‘orda noqulaylik tug‘dirib, iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatda murojaatning o‘z vaqtida o‘rganilishi va amaliy yechim topishi katta ahamiyat kasb etadi.

Fuqaro B.A Romitan tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, 5 500 000 so‘mga xarid qilgan “Premier” rusumli muzlatgichi bilan bog‘liq muammoni bayon etdi. U xarididan kutgan natijaga erisha olmaganini bildirib, qurilmani almashtirish masalasida amaliy yordam so‘radi.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining e’tirozi va talabi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Asosiy e’tibor muammoga amaliy yechim topish hamda fuqaroning manfaatlarini ta’minlashga qaratildi. Olib borilgan ishlar natijasida murojaat ijobiy hal etilib, 5,5 million so‘mlik muzlatgich almashtirib berildi. Shu tariqa fuqaro B.A ning talabi qanoatlantirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening