Выберите язык

Tabiiy gazdan foydalanishda hisoblagichning soz ishlashi iste’mol hajmini to‘g‘ri hisobga olish va hisob-kitoblarning aniqligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Qurilmada yuzaga kelgan nosozlik esa iste’molchida turli savol va e’tirozlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Fuqaro Z.A Buxoro tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, xonadonidagi gaz hisoblagich ishlamayotganidan noroziligini bildirdi. U mazkur muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘radi.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan gaz ta’minoti tashkiloti bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borildi. Iste’molchining murojaatiga e’tibor bilan yondashilib, hisoblagichdagi nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Jamiyat xodimlarining sa’y-harakatlari va gaz ta’minoti tashkiloti mutaxassislari bilan hamkorligi natijasida gaz hisoblagich ta’mirlanib, uning ishlashi tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening