Выберите язык

Jamoat transportida yo‘lkira haqini bank kartasi orqali to‘lash iste’molchilar uchun qulaylik yaratadi. Biroq to‘lov jarayonidagi texnik xatoliklar mablag‘ning ortiqcha yechilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fuqaro B.G‘ avtobusdan foydalanganida, bank kartasidan yo‘lkira haqi bir qatnov uchun uch marta yechilganini aniqladi. Shundan so‘ng, u ortiqcha undirilgan mablag‘ni qaytarishda amaliy yordam so‘rab, Buxoro tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilot bilan hamkorlikda ish olib borildi. O‘rganish davomida yo‘lkira haqining takroran yechilishiga texnik xatolik sabab bo‘lgani aniqlandi va mablag’ iste’molchiga qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening