Выберите язык

Yangibozor tumani Yuqoriboshkir MFYda yashovchi fuqaro R.D. Yangibozor tumanidagi savdo do‘konidan konditsioner xarid qilgan. Biroq, mahsulotdan foydalanish jarayonida xarid qilinganidan uch kun o‘tib nosozlik aniqlangan.

Fuqaro ushbu holat yuzasidan sotuvchi do‘konga murojaat qilgan, ammo mahsulotni almashtirish talabi rad etilgan. Shundan so‘ng u Yangibozor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qildi.

Murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda olib borilgan ishlar natijasida qiymati 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m bo‘lgan nosoz konditsioner yangisiga almashtirib berildi.

Yangibozor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening