Выберите язык

Urganch tumani Adolat MFYda yashovchi fuqaro A.R. Xiva tumanidagi ustaga temir darvoza tayyorlash va o‘rnatish uchun 8 500 000 (sakkiz million besh yuz ming) so‘m to‘lov qilgan.

Darvoza tayyorlanib o‘rnatilganidan so‘ng, ma'lum vaqt o‘tib uning lak-bo‘yoq qoplamasida nosozliklar yuzaga kelgan. Fuqaro ushbu kamchilikni bartaraf etish masalasida ustaga murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammo hal etilmagan.

Shundan so‘ng iste'molchi Xiva tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qildi.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, olib borilgan ishlar natijasida iste'molchiga to‘langan 8 500 000 (sakkiz million besh yuz ming) so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

Xiva tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening