Выберите язык

Avtomobil — bu shunchaki temir va texnika emas. U insonning kundalik hayotidagi qulaylik, oilasi bilan bog‘liq rejalar, mehnati va harakat erkinligini ta’minlaydigan muhim vositadir. Shu sababli xarid qilingan har qanday transport vositasi sifatli va soz holatda bo‘lishi iste’molchining tabiiy huquqidir.

Marhamat tumani, “Gargar” MFYda yashovchi fuqaro D.Siddiqov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qildi.

Fuqaroning ma’lum qilishicha, u joriy yilning 10-may kuni Marhamat tumani markazida joylashgan avtosalondan “ONIX” rusumli avtomobilni muddatli to‘lov shartnomasi asosida xarid qilgan. Biroq oradan vaqt o‘tib, avtomobilda texnik nosozlik, xususan, glushitel qismida muammo yuzaga kelgan.

Iste’molchi 27-iyun kuni avtomobilni avtosalonga qaytarib topshirgan bo‘lsa-da, transport vositasi servis xizmatiga yo‘naltirilmagan. Shu sababli fuqaro o‘zining qonuniy huquqlarini tiklash maqsadida murojaat qildi.

Mazkur murojaat Marhamat tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada avtomobil servis xizmatiga yo‘naltirilib, iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada nafaqat texnik muammo bartaraf etilishi uchun imkon yaratildi, balki iste’molchining ishonchi va huquqlari ham tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening