Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Marg‘ilon shahar jamiyati iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, xususan, kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish hamda ularni hal etish borasida respublikamizdagi ilg‘or jamiyatlardan biri hisoblanadi.

Ayrim hollarda murojaatni o‘rganish va boshqa qonuniy choralar ko‘rish orqali muammoni to‘liq hal etishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday vaziyatlarda iste’molchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish, da’vo arizalari kiritish orqali ularning qonuniy manfaatlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida Marg‘ilon shahar jamiyati tomonidan sudlarga 87 ta da’vo arizasi kiritildi.

Shundan:
- 72 ta da’vo arizasi sudlarda to‘liq ko‘rib chiqilib, tegishli hal qiluv qarorlari chiqarildi;
- 15 ta da’vo arizasi esa ayni paytda sudlarda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu videoda Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari bilan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash va ularning manfaatlarini sud orqali himoya qilish borasidagi faoliyat haqida suhbatlashdik.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

👉 Videoni Youtube kanalimizda tomosha qilish 

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening