Выберите язык

Shahrisabz tumanida suyultirilgan gaz yetkazib berish muammosi ijobiy hal etildi

Aholining tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlanishi kundalik hayot uchun muhim ahamiyatga ega. 

Ayniqsa, suyultirilgan gazdan foydalanadigan xonadonlarga uni belgilangan muddatlarda va sifatli yetkazib berish iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. 

Yetkazib berishdagi kechikishlar esa fuqarolarga turli noqulayliklar tug‘dirishi mumkin.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro T.E.  tuman gaz ta’minoti mas’ullari tomonidan suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmagan.

Iste'molchi holatdan norozi bo'lib gaz ta'minoti ma'sullari murojaat qilib borganida fuqaroni eshitishmagan. 

Mazkur voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro 1091 ishonch telefoniga murojaat yo'llagan.

Shahrisabz tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xdimlari tomonidan  holat qonun doirasida o'rganib chiqildi va tuman gaz ta'minoti bo'limi ma'sullari tomonidan muammo iste;molchi foydasiga hal etildi. 

Ushbu holat iste’molchilarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmasligi, ularning qonuniy huquq va manfaatlari o‘z vaqtida himoya qilinishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening