Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari, davlat xizmatchilari va jamoatchilik faollari “Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar safidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi ijrochi direktori S. Abduraimov ham o‘rin oldi.
S. Abduraimov iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish hamda tizim faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi samarali mehnati va fidoyiligi uchun “Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof uning ko‘p yillik samarali faoliyati, kasbiga sadoqati, tashabbuskorligi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining amaliy ifodasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening