Выберите язык

   Tomdi tumanida yashovchi fuqaro M.E. 2026-yil 8-iyun kuni tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan murojaat qildi.
Murojaatda fuqaro qariyb 13 000 000 so‘m evaziga sotib olgan muzlatgich xarid qilinganidan atigi ikki kun o‘tib nosoz holatga kelib, ishlamay qolganini bildirgan. Shuningdek, sotuvchi tomonidan mahsulot almashtirib berilmagani hamda to‘langan pul mablag‘i qaytarilmagani yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.
   Mazkur murojaat Tomdi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq iste’molchining huquqlari tushuntirildi hamda yuzaga kelgan muammoni qonuniy tartibda hal etish zarurligi bildirildi.
  Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning qonuniy talabi qanoatlantirilib, nosoz muzlatgich uchun to‘langan qariyb 13 000 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida ekanini va fuqarolar o‘z huquqlari buzilgan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish orqali muammolariga yechim topishlari mumkinligini yana bir bor tasdiqladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening