Выберите язык

  Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro N.U. uy-joy xarid qilish bo‘yicha qurilish kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, xonadon uchun jami 176 million 100 ming so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Biroq shartnomada belgilangan muddat kelganiga qaramay, qurilish ishlari yakunlanmagan va obyekt foydalanishga topshirilmagan.
   Shundan so‘ng fuqaro Zarafshon shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat asosida jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, iste'molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.Zarafshon shahar jamiyati tomonidan iste'molchining buzilgan huquqlari sudda himoya qilindi — u ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararning oldi olindi.

  Sud qaroriga asosan, to‘langan 176 million 100 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ iste'molchiga qaytariladigan bo‘ldi.Mazkur holat iste'molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilishda murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va amaliy natijaga erishilishining yana bir yorqin misoli bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening