Выберите язык

8 MILLION SO‘MLIK AVTOTEX XIZMAT BEPUL BAJARILDI

Chust tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etildi.

Chust tumani Hisorak MFYda yashovchi fuqaro S.N. 2025-yil noyabr oyida
“Chust Avtotexxizmat-N” MCHJdan “Damas” rusumli avtomashina xarid qilgan.
Avtomashina 3000 kilometr masofa yurganidan so‘ng uning “korobka” qismida nuqson yuzaga kelgan. Fuqaro ushbu holat yuzasidan korxona mas’ullariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala o‘z vaqtida hal etilmagan.

Mazkur murojaat Chust tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, korxona mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish berildi.
Natijada “Damas” rusumli avtomashinaning “korobka” qismidagi nuqsonlar servis xizmati tomonidan bepul bartaraf etildi.


Ta’mirlash ishlari qiymati 8 million so‘mni tashkil etdi.

Fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqi tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening