Выберите язык

    2026-yil 12-iyun kuni NKMK Jamgʻarmasiga qarashli “Sugʻdiyona” jismoniy tarbiya va sport klubida ishchi-xodimlar ishtirokida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining asosiy maqsad va vazifalari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda federatsiya aʼzoligining afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi.
   Shuningdek, ishtirokchilarga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va federatsiya tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
  Tadbir yakunida ishchi-xodimlarning federatsiya aʼzoligiga qabul qilinishi masalalari muhokama qilinib, ularning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Mazkur targʻibot tadbiri fuqarolarning isteʼmolchilik madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda federatsiya aʼzolari safini kengaytirishga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening