Выберите язык

 

Muzrabot tumanida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasida Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Muzrabot tumani Mohiyat mahallasida yashovchi fuqaro Shaydullayev Rustamjon O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, tuman toza hudud korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirgan.

Mazkur murojaat 2026-yil 27-oktabr kuni 27717/26-son bilan ro‘yxatga olinib, Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganishga qabul qilindi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Natijada tuman toza hudud korxonasi tomonidan iste’molchiga nisbatan 1 104 000 (bir million bir yuz to‘rt ming) so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.

Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlarining amaliy aralashuvi natijasida mazkur noreal qarzdorlik to‘liq bekor qilindi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari tiklandi. 2026-yil 6-noyabr kuni murojaat muallifiga yuborilgan javob xatida qarzdorlik bekor qilingani va murojaat nazoratdan chiqarilgani ma’lum qilindi.

Murojaat muallifi o‘zining tashakkurnomasida ko‘rsatilgan amaliy yordam, murojaatining ijobiy hal etilishi va huquqiy maslahatlar uchun jamiyat rahbariyati hamda xodimlariga minnatdorlik bildirgan.

Iste’molchi huquqlari himoyasi – amaliy natijalarda! Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan kommunal xizmatlar sohasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, asossiz qarzdorliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Fuqarolar o‘z iste’molchi huquqlari buzilgan holatlarda Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening