Выберите язык

 

Sariosiyo tumanida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xarid qilingan mahsulotlarning sifati va iste’molga yaroqliligini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasida Sariosiyo tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Sariosiyo tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi fuqaro Rahimbeova Zeboga 2026-yil 23-sentabr kuni tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Fuqaro murojaatida yakka tartibdagi tadbirkor Ishonqulova Intizor Arslonovnaga qarashli oziq-ovqat do‘konidan 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘mga NAN bolalar ozuqasini xarid qilgani, biroq ushbu mahsulotni uyiga olib borgach, shifokor tavsiyasiga ko‘ra, farzandi uchun mos emasligini bildirgan.

Mazkur murojaat jamiyat xodimi U. Valieva tomonidan tadbirkor Ishonqulova Intizor Arslonovna hamda fuqaro ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, iste’molchining manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rildi. Natijada fuqaro tomonidan xarid qilingan 250 ming so‘mlik NAN bolalar ozuqasi boshqa mahsulotga almashtirib berildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

Iste’molchi manfaatlari – doimiy e’tiborda! Sariosiyo tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yuzaga kelgan muammolarni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Fuqarolar o‘z iste’molchi huquqlari buzilgan holatlarda tegishli iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening