Выберите язык

Qumqo‘rg‘on tumanida fuqaroning elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani Navbahor mahallasida yashovchi fuqaro Turaev Abdurasul tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilib, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat jamiyat tomonidan o‘rganishga olinib, mas’ul xodim B. Buriev tomonidan Qumqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda fuqaroning xonadonida va tegishli tashkilotda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaro qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish maqsadida suv nasosi o‘rnatgani hamda ushbu nasosdan foydalanish uchun Qumqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan 181870-sonli shartnoma tuzgani aniqlandi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida elektr energiyasi hisob-kitoblari bilan bog‘liq yuzaga kelgan noreal qarzdorlik masalasi ko‘rib chiqildi. Jamiyat xodimlarining amaliy aralashuvi natijasida mavjud muammo bartaraf etilib, fuqaroning suv nasosi elektr tarmog‘iga onlayn tarzda ulanganligi ta’minlandi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda foydalaniladigan suv nasosining elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammoga yechim topildi.

Murojaat muallifi ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida yuzaga kelgan muammo hal etilganidan mamnunligini bildirgan.

Iste’molchi murojaati – e’tiborda, huquqlari – himoyada! Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, kommunal xizmatlar sohasidagi muammolarni bartaraf etish va aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening