Выберите язык

NAMANGANDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Aholiga ko‘rsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlari qay darajada sifatli? Iste’molchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilganmi?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatining tuman va shaharlarida jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda.
Hududiy birlashma tomonidan shakllantirilgan ishchi guruhlar boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ko‘p kvartirali uylarning saqlanishi va ta’mirlanishi, iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar, majburiy badallarning shakllantirilishi hamda sarflanishidagi shaffoflik holatlarini o‘rganmoqda.
Shuningdek, monitoring davomida shartnomaviy munosabatlar, iste’molchilar huquqlarining ta’minlanganlik darajasi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan aholining fikr va takliflariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirilmoqda.
Monitoring yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklar umumlashtirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Asosiy maqsad — iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlari yaratilishiga ko‘maklashishdan iborat.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening