Выберите язык

NAMANGANDA TAHLILIY-TANQIDIY KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi. Unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash, monitoring tadbirlarining sifati, matbuot va targ‘ibot yo‘nalishidagi kamchiliklar hamda KPI ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, viloyatda jami 1 043 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Shundan 331 tasi yozma, 712 tasi og‘zaki, jumladan 85 tasi elektron shaklda kelib tushgan.

Murojaatlar natijasida iste’molchilar manfaatiga 10 milliard 774 million 733 ming 726 so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib, ijobiy hal etildi.
Yig‘ilishda monitoring ishlari yuzaki emas, sifatli va natijador tarzda tashkil etilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, matbuot yo‘nalishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, Istemol.uz saytiga joylashtirilayotgan maqolalar sifati, rasmiy axborotlarning mazmuni va saviyasi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuman va shahar jamiyatlari faoliyati tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida Federatsiyaning “Iste’mol madaniyati” gazetasi obunasini tashkil etishda faol ishtirok etgan tuman va shahar jamiyatlari raislari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Murojaat uchun: 📞1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening