Выберите язык

    2026-yil 29-sentabr kuni Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiyaga a’zo tashkilot va korxonalar tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
⚖️ Yig‘ilishda Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 5 yillik faoliyati sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🤝 Shuningdek, yig‘ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Yig‘ilish yakunida hududiy birlashmaning navbatdagi hisobot konferensiyasida ishtirok etish uchun nomzodlar saylandi.
🎁 Tadbir so‘ngida jamiyat faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan tayanch guruhlari rahbarlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔹 Yig‘ilish ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilar tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi ishlarni izchil davom ettirish va yanada takomillashtirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening