Выберите язык

Joriy yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali fuqaro R.L. murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi 2026-yil 22-sentabr kuni Farhod bozori hududida joylashgan “Kardinar” do‘konidan avtomashinasi uchun 1 120 000 so‘m qiymatdagi chexol xarid qilganini bildirgan. Mahsulotni avtomashinaga o‘rnatish jarayonida uning mos kelmasligi aniqlanganligi sababli iste’molchi chexolni o‘rnatmasdan, asl holatida qutisiga joylab do‘konga qaytarib olib borgan hamda to‘lagan pul mablag‘larini qaytarishni so‘ragan. Biroq murojaatchining murojaati savdo shoxobchasi tomonidan o‘z vaqtida qanoatlantirilmaganligi sababli Federatsiyaning ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasiga kelib tushganidan so‘ng Uchtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyekti bilan olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida iste’molchining haqli talabi qanoatlantirildi.
Natijada xarid qilingan mahsulot uchun to‘langan 1 120 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchiga to‘liq qaytarib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda buzilgan huquqlarini tiklash Federatsiya tizimidagi hududiy birlashmalar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening