Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xiva shahri Sheroziy ko‘chasida yashovchi fuqaro S.M. Xiva shahrida joylashgan do‘kondan avtomobili uchun akkumulyator xarid qilgan. Xarid vaqtida akkumulyatorga 6 oylik kafolat muddati berilgan.

Biroq xariddan bir oy o‘tib, akkumulyatorda nosozlik yuzaga kelgan. Fuqaro muammoni hal etish maqsadida do‘konga murojaat qilgan, ammo uning murojaati rad etilgan.

Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram-boti orqali murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Xiva shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada nosoz akkumulyator yangisiga almashtirib berildi va fuqaro S.M.ning murojaati ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat xarid qilingan tovarning kafolat muddati va iste’molchining ushbu davrdagi huquqlarini bilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening