Выберите язык

Sifatsiz mahsulot yangisiga almashtirildi — iste’molchi muammosi ijobiy hal etildi

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganilib, uning talabi ijobiy hal etildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro 2026-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 — “Ishonch telefoni” orqali (murojaat tartib raqami: 26903/26) murojaat qilgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari hamda tumanda joylashgan **“Idea” do‘koni filiali mas’ul xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida iste’molchiga shartnoma asosida 2 970 000 (ikki million to‘qqiz yuz yetmish ming) so‘m qiymatida xarid qilingan sifatsiz mahsulot yangisiga almashtirib berildi.

Natijada fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan muammo joyida bartaraf etilib, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening