NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasida tuman va shahar jamiyatlari raislari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi, hududlarda rejalashtirilgan va o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringi tadbirlari hamda ularning natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, monitoringlar davomida aniqlangan kamchiliklar, rasmiylashtirilgan hujjatlar, tegishli tashkilotlarga kiritilgan taklif va taqdimnomalar, belgilangan nazorat muddatlari hamda erishilgan yakuniy natijalar tahlil etildi. Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va nazorat ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarni Federatsiya a’zoligiga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligi, yangi va qayta rasmiylashtirilgan a’zolar hisobi, a’zolikning ixtiyoriyligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. A’zolar haqidagi ma’lumotlar bazasini ishonchli va tizimli yuritish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda a’zolik badallarining Ustav va ichki moliyaviy hujjatlar talablari asosida hisoblanishi, undirilishi, kirim qilinishi hamda belgilangan ajratmalar bo‘yicha taqsimlanishi ham ko‘rib chiqildi. Debitor va kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish, ularni qisqartirish va bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13
























