Выберите язык

    2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Konferensiya davomida hududiy birlashma hamda viloyatdagi tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan so‘nggi 5 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
⚖️ Yig‘ilishda iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🔹 Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
✅ Konferensiya yakunida Federatsiyaning navbatdagi hisobot konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi.
🤝 Mazkur konferensiya o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, kelgusidagi vazifalarni belgilash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening