Выберите язык

2026-yil 21-oktabr kuni Nurafshon shahrida Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda birlashmaning joriy yilning 9 oyi, ya’ni uchinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tinglandi. Tadbirda Kengash a’zolari hamda tuman (shahar) jamiyatlari raislari shaxsan ishtirok etdi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, hududiy birlashma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi, “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi qonunlar talablari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarori hamda Federatsiya Ustavida belgilangan vazifalar asosida olib bormoqda. Maqsad iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, amaldagi qonun va qonun osti hujjatlarini keng targ’ib etish, aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish hamda iste’molchilardan tushgan murojaatlarni bartaraf etishdan iborat. Bu yo’nalishda birlashma mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.
Hisobot davrida qisqa ishonch raqami 1091, Bosh prokuratura, Prezident portali, Telegram bot hamda yozma va og’zaki yo’llar orqali jami 479 ta murojaat qabul qilindi. Ularning 473 tasi, ya’ni deyarli barchasi ijobiy hal etildi. Natijada iste’molchilar foydasiga jami 411 069 740 so’m qayta hisob-kitob qilib berildi. O’tgan yilning shu davrida bu ko’rsatkich 274 174 000 so’m bo’lgan edi. Bu raqamlar ortida o’z huquqini bilgan va uni himoya qilish uchun murojaat qilgan fuqarolar turibdi.
Hisobot davrida tuman va shahar jamiyatlari Federatsiya buyruqlari hamda Toshkent viloyati mahalliy hokimiyatlari, huquq-tartibot organlari bilan kelishilgan chora-tadbirlar ish rejasiga asosan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlarda jamoatchilik nazorati tartibida jami 373 ta monitoring o’tkazdi. Ularning 232 tasi mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ish rejasiga asosan, 141 tasi esa Federatsiya buyruqlari ijrosi bo’yicha amalga oshirildi.
Huquqiy targ’ibot ham faoliyatning muhim yo’nalishi bo’ldi. Birlashma, tuman va shahar jamiyatlari tomonidan hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarda, jumladan xususiy mulkchilik shaklidagi obyektlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligini targ’ib etish maqsadida 376 ta davra suhbati o’tkazildi, 571 ta holatda huquqiy maslahat berildi. Shuningdek, radio orqali 3 marta eshittirish berildi, televideniye orqali 9 marta chiqish qilindi. Federatsiyaning rasmiy saytida 103 ta, viloyat rasmiy Telegram kanalida 325 ta, mahalliy hokimliklarning Telegram kanallarida esa 10 ta maqola e’lon qilindi.
Hisobot davrida birlashma, tuman va shahar jamiyatlarining moddiy-texnik ta’minotiga ham e’tibor qaratildi. Bo’ka tumani hamda Ohangaron, Nurafshon va Bekobod shahar jamiyatlari xizmat xonalari bilan ta’minlandi, yangi zamonaviy texnika vositalari sotib olinib, moddiy baza mustahkamlandi. Yig’ilishda shuningdek Bo’ka, Oqqo’rg’on, Parkent, Piskent va Zangiota tumanlari jamiyatlarining qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirgan ishlari hamda Federatsiya va Birlashma Kengashi yig’ilishlarida qabul qilingan qarorlarning ijrosi muhokama qilindi.Sifatsiz mahsulot sotib oldingizmi, xizmat ko’rsatishda huquqingiz buzildimi, sotuvchi pulni qaytarishdan bosh tortdimi? Jim turmang. Yuqoridagi natijalar aynan iste’molchilarning murojaatlari tufayli mumkin bo’ldi. Murojaat qilish uchun qisqa ishonch raqami 1091 ga qo’ng’iroq qiling, istemol.uz saytiga kiring yoki birlashmaning Telegram botiga yozing. Murojaatingiz ko’rib chiqiladi va huquqingizni himoya qilishda yordam beriladi. Birlashma kelgusida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, murojaatlarni o’z vaqtida hal etish va huquqiy madaniyatni oshirish bo’yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening