Выберите язык

 2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Federatsiya rahbariyati, hamkor tashkilotlar va OAV vakillari, shuningdek, tuman va shaharlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.
🔹 Konferensiyada 2022-yildan 2026-yilning 9 oyiga qadar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
⚖️ Hisobot davrida hududiy tuzilmalarga 2 184 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 1 638 tasi ijobiy hal etilgan. Natijadorlik 75 foizni tashkil etgan. Iste’molchilar foydasiga 9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.
🔹 Fuqarolarning huquqiy manfaatlarini sud orqali himoya qilish yo‘nalishida 29 ta ish ko‘rib chiqilib, iste’molchilar foydasiga 610 million so‘mdan ziyod moddiy va ma’naviy zarar undirilishi ta’minlangan.
📊 2026-yilning dastlabki 9 oyida kelib tushgan 523 ta murojaatning 466 tasi ijobiy hal etilgan. Natijada iste’molchilar foydasiga qariyb 2 milliard 727 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
🔹 Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 93 ta jamoatchilik monitoringi o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilgan. «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalariga esa 1 546 ta murojaat kelib tushgan.
📚 Aholining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida 56 ta seminar hamda 940 ta davra suhbati tashkil etilgan. Ushbu tadbirlarda iste’molchilarning shartnoma tuzish, kassa cheki, mahsulot sifati va kafolat huquqlariga oid bilimlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.
🤝 Konferensiya davomida murojaatlarni tezkor va xolis ko‘rib chiqish, takroriy shikoyatlar sabablarini tahlil qilish, nizolarni sudga qadar hal etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda monitoring natijalari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Shuningdek, elektron tijorat va onlayn xaridlar sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, elektron murojaatlar tizimini takomillashtirish va mahallalarda huquqiy maslahatlar qamrovini kengaytirish kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.
✅ Asosiy maqsad — har bir murojaat ortida inson manfaati turganini unutmagan holda, iste’molchilarning qonuniy huquqlarini samarali himoya qilish va aholining huquqiy himoya tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir.
📌 Yakunda 2026-yil noyabr oyida o‘tkaziladigan Federatsiyaning navbatdagi hisobot konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening